21:45 / 25.02.2019
10396

LG moslashuvchan ekranlar trendiga javob qaytardi - V50 smartfoni

MWC 2019 ko‘rgazmasida LG korporatsiyasi V50 smartfonini taqdim etdi. Uning asosiy farqi — 5G va alohida g‘ilof shaklidagi ikkinchi displeyida. Zarurat tug‘ilganda uni o‘rnatib, hatto 360 darajagacha qayirish mumkin, deyiladi The Verge'da.

Foto: Vjeran Pavic

V50 smartfonining asosiy OLED-ekrani diagonali 6,4 dyuymni tashkil qiladi, pikseli - 3120X1440. Qo‘shimcha ekran diagonali esa — 6,2 dyuym.

Foto: Vjeran Pavic

Smartfon LG'ning 5G va Snapdragon 855 protsessori bilan ta'minlangan birinchi qurilmasi bo‘ldi. V50 yaxshilangan sovutish tizimi va 4000 mAs batareyaga ega bo‘ldi. Qurilmaning orqa tomoniga 12, 16 va 12 MP'li uch kamera o‘rnatildi. Panelning old qismida 8 va 5 MP'li ikki frontal kamera joylangan. Smartfon 6 Gb operativ va 128 Gb ichki xotiraga ega.

Yangi smartfon Dual Screen texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Manbada ta'kidlanishicha, V50 smartfoni narxi va sotuvlar sanasi hozircha noma'lum.

Foto: Vjeran Pavic
Foto: Vjeran Pavic
Foto: Vjeran Pavic

Ta'kidlash joizki, 20 fevral kuni Samsung o‘zining moslashuvchan Galaxy Fold ekranli ilk smartfonini namoyish qildi. Qurilmadan oddiy smartfon ko‘rinishida ham, planshet ko‘rinishida ham foydalanish mumkin. Samsung smartfoni 26 apreldan 2 ming dollar narxda sotilishi kutilmoqda.

Foto: Vjeran Pavic

Bundan tashqari, 24 fevral kuni Huawei o‘zining moslashuvchan ekranli yangi smartfonini taqdim etdi. Uning sotuvlari ham shu yilda yo‘lga qo‘yilib, 2300 yevroga baholanishi qayd etilmoqda.

Mavzuga oid
Top