20:40 / 25.02.2019
11616

Navbatdagi El Klasikoga hakamlar tayinlandi

Ispaniya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan «Real» - «Barselona» o‘yinini Alexandro Xose Ernandes Ernandes boshqaradigan bo‘ldi. 

Bu hakam o‘tgan yili aprel oyidagi El Klasikoda ishlagan va bu o‘yin 2:2 hisobida yakunlanib, kataloniyaliklar tarkibida Serxi Roberto maydondan chetlatilgan edi.

Ernandes Ernandes 2017 yilda ham «Real» - «Barselona» o‘yinini boshqargan va unda «ko‘k-anorranglilar» g‘olib chiqqan, Serxio Ramos esa qizil karta bilan jazolangan edi.

«Real» - «Barselona» o‘yini 2 mart kuni o‘tkaziladi.

Top