15:23 / 25.02.2019
33341

NYT: razvedka Rossiyaning yagona quroliga aylandi

Foto: TASS

Rossiya razvedkasi Kremlning xorijdagi raqiblarga qarshi yagona quroli bo‘lib qoldi, deb yozadi Rossiya va Yevropa hamda Osiyoning turli qismlarida 27 yildan ko‘proq vaqt ishlagan, MRB rezidenturasi sobiq boshlig‘i Jon Sayfer The New York Times nashrida.

Muallifning ta'kidlashicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin dushmanlarni adashtirish, yolg‘on yo‘ldan yurish va falaj holatga keltirish uchun xorijdagi raqiblarga qarshi «chekistlarga xos tutun pardasi»ni qo‘llamoqda, sababi «faqat shuning o‘zi qolgan». Rossiyani tortishga urinayotgan Qo‘shma Shtatlar «Kreml yo‘lbarsi o‘z rangini o‘zgarmasligini» tushunishi kerak, deb yozadi Sayfer.

«G‘arb birligi» - Rossiyaning ehtimoliy hujumidan eng yaxshi himoya, deya qo‘shimcha qiladi MRB sobiq xodimi. MRB rezidenturasi sobiq boshlig‘i Vashingtonni Rossiya suverenitetiga nisbatan tahdidlardan qochish va buning o‘rniga kiberhujumlar, jismoniy hamda gibridli hujumlardan faol himoyalanish uchun Amerika ittifoqchilari bilan ishlashga chaqirdi.

Bu vaziyatda AQSh prezidenti Donald Trampning Yevropaga qarshi bo‘lgan kayfiyati «prezident Putinga eng katta sovg‘a» hisoblanadi, deya ta'kidlagan muallif. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Putin SSSR tiklanishini xohlashi haqida aytib o‘tgandi.

Top