14:21 / 25.02.2019
6790

O‘zbekiston va Fransiya hukumatlari o‘rtasidagi xalqaro shartnoma tasdiqlandi

Foto: Vadim Savitskiy

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan 2018 yil 9 oktabr kuni Parij shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Fransiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Hadli bitim tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yo‘llaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydilar.

Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziri A.Aripov zimmasiga yuklandi.

Top