09:13 / 25.02.2019
7404

Parvozlar vaqtidagi favqulodda vaziyatlarda qo‘llanuvchi shartli so‘zlar ma'lum qilindi  

Foto: Depositphotos / lucidwaters

Xorijiy aviakompaniyalar uchuvchilari va bortkuzatuvchilari parvoz vaqtida turli favqulodda vaziyatlarni maxsus so‘zlar bilan ifodalashadi. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi. 

Bortkuzatuvchi Kevin Barrettning aytishicha, ekipaj “Easy Victor” iborasi bilan evakuatsiya zarurligini ma'lum qiladi. Aviatashuvlar sohasida 20 yil faoliyat yuritgan Barrettning ta'kidlashicha, u bu iborani faqat mashg‘ulotlar vaqtida eshitgan. 

“7500” kodi esa samolyot olib qochilmoqchiligi yoki olib qochilganiga ishora qiladi. Uchuvchilar shu yo‘l bilan dispetcherga yashirin signal berishlari mumkin.

“Mayday” so‘zi esa bortda avariya holati, misol uchun dvigatel ishlamay qolgani yoki yong‘inni anglatadi. Uncha jiddiy bo‘lmagan vaziyatlarda “Pan-pan” iborasi qo‘llanadi.

Top