11:51 / 25.02.2019
4206

Respublika bolalar autizmi reabilitatsiya markazini tashkil etish haqida petitsiya paydo bo‘ldi

Foto: sobitie.com.ua

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Respublika bolalar autizmi reabilitatsiyasi markazini tashkil etish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.

Hozirgi kunda tug‘ilayotgan chaqaloqlar orasida autizm tashxisi qo‘yilganlar ham bor. Xorijiy davlatlarda bolalar autizmi bilan shug‘ullanadigan ko‘plab markazlar faoliyat yuritadi. 

“Bizda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazidan boshqa joyda ushbu kasallikka chalingan bolalarni reabilitatsiya qilishga sharoit mavjud emas”, - deyiladi petitsiyada.

Ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur kasallikni bolaning yoshligidayoq davolash mumkin. 

“Shundan kelib chiqib, autizm kasalligiga chalingan bolalarga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, ularning ota-onalariga ko‘maklashish, autizm kasalligini muvaffaqiyatli davolash maqsadida Respublika bolalar autizmi reabilitatsiyasi markazini tashkil etishni taklif qilaman”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq shifokorlarning fuqarolar sog‘lig‘iga zarar yetkazgani uchun kasbiy javobgarligi majburiy sug‘urta qilinishi xabar berilgandi.

Top