16:54 / 25.02.2019
6683

Yer qa'ridan foydalanish sohasida tekshiruvlar ro‘yxati kengaydi

Foto: gazganmramor.uz

Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar ro‘yxati kengaydi, deb yozmoqda Norma.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil mart oyida «Sanoatgeokontexnazorat» inspeksiyasining yer qa'ridan foydalanish va muhofaza qilish ustidan nazorat qilish vazifalari Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasiga topshirilgan. Biroq Prokuratura organlarini xabardor etish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar ro‘yxatida yangi organning nazorat vakolatlari aks ettirilmagan edi.

2019 yil 23 fevraldan Inspeksiya tekshiruvlarning quyidagi turlarini o‘tkazishga haqli:

Tekshiruvlar (nazorat funksiyalari)

Nazorat qiluvchi organ

Tekshiruv muddati

Yer qa'rini geologik o‘rganishda undan foydalanish va muhofaza qilish, foydali qazilmalarni qazib olish, mineral xomashyoni qayta ishlash, shuningdek kon ishlarini geologiya-marksheyderlik bilan ta'minlash sohasida yuridik shaxslar tomonidan qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi

 

ko‘pi bilan 10 kun

 

Yer qa'ridan foydalanuvchilar qazib olgan (kavlab olgan) foydali qazilmalarning haqiqatdagi hajmi marksheyderlik o‘lchov xulosalariga muvofiq kelishi ustidan yilda ko‘pi bilan ikki marta monitoring qilish

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda

 

ko‘pi bilan 5 kun

Tadbirkorlik sub'yektlari yer qa'ridan foydalanish sohasidagi ruxsat beruvchi hujjatlarni olmasdan yer qa'ridan va texnogen mineral hosilalardan o‘zboshimchalik bilan foydalanishi, shuningdek yer qa'rini o‘zboshimchalik bilan qazishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha nazorat tadbirlari 

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi

 

1 kun

Bundan tashqari, Inspeksiya Davlat geologiya qo‘mitasi bilan birga daryolar o‘zanlarini tozalash va ularning sohillarini mustahkamlash ishlari olib borilishi ustidan tizimli tekshiruvlarda ishtirok etadi. Ularda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari ham qatnashadi.

Hujjat 23.02.2019 yildan kuchga kirdi.

Top