11:38 / 26.02.2019
7356

Olmaliqda ruda toshlarini talon-taroj qilgan shaxslar qo‘lga olindi

2019 yil 25 fevral kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahar IIBga tushgan hujjatlar to‘plamiga ko‘ra, shu yil 6 fevral kuni Angren shahar Ziyoratgoh ko‘chasida yashovchi A.Yu. va Lochin ko‘chasida yashovchi M.A. Olmaliq kon metallurgiya kombinatiga qarashli vaqtincha ish faoliyati to‘xtatilgan “Qo‘rg‘oshin koni”ga erkin yo‘l bilan kirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ular tarkibida qimmatbaho metall bo‘lgan, og‘irligi 813 kg. 450 gr. ruda toshlarini 28 dona qoplarga solib, talon-taroj yo‘li bilan fuqaro F.O‘.ga tegishli non pishirish sexiga yashirib qo‘ygan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.Yu. va M.A. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Mavzuga oid
Top