13:10 / 26.02.2019
12616

O‘n oylik Diyoraxon murakkab yurak operatsiyasiga tayyorlanmoqda – unga yordam qo‘lini cho‘zaylik

Farzandning tobi qochishi butun oila xotirjamligiga raxna soladi. Agar u jajjigina go‘dak bo‘lsa, qayeri og‘riyotganini ham ayta olmasdan ma'yus ko‘zlaridan yosh oqizib yotsa, ota-ona uchun bu juda og‘ir.

Toshkent shahar Yashnobod tumani Xosiyat 1-tor ko‘chasida istiqomat qiluvchi o‘n oylik Ravshanova Diyora Doniyorbek qizi tug‘ma yurak nuqsoni (yurak porogi) bilan dunyoga kelgan. 

Oilada ikkinchi farzand bo‘lmish Diyoraxon tug‘ilganidan uch kun o‘tib, shifokorlar otasi Doniyorbekka go‘dakning yuragi o‘ng va chap qismlarining o‘rtasida 1,25 sm teshik aniqlangani, bu a'zoda shish paydo bo‘lgani haqida ma'lum qilishgan. 

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Ota-ona yetakchi tibbiyot mussasalariga yuzlanishadi. Shifokorlar Diyorani  jarrohlik amaliyoti yo‘li bilan davolash imkoni borligi, ammo tibbiyot sohasi yuksak rivojlangan  davlatlardagina bunday operatsiya amalga oshirilishi mumkinligini ma'lum qilishadi. Hozirda oilada faqat Diyoraxonning otasi Doniyor aka oyna ishlab chiqarish korxonasida ishlab, ro‘zg‘or tebratadi. Onasi esa bemor qizcha bilan ovora.

Toshkent shahrida o‘tishi kutilayotgan jarrohlik amaliyoti ikki bosqichda o‘tishi kutilmoqda. Birinchi bosqichdagi operatsiya uchun 15 million so‘m pul kerak. Oilaning esa buncha mablag‘i yo‘q. Qizchaning immuniteti sustligi uchun ko‘p kasal bo‘lmoqda. Har oyda uning dori-darmoniga ham anchagina mablag‘ ketmoqda.

“Qizimni operatsiya qildirishga yetadigan mablag‘im yo‘q. Oilada faqat men ishlayman, ayolim uy bekasi. Topganim dori-darmonga ketyapti. Har oyda bir marotaba shifoxonada yotib chiqamiz. Vrachlar qizimni to‘rt oyga to‘lguncha operatsiya qilishimiz kerakligini aytishgan edi. Shu kungacha o‘zim harakat qildim, lekin mablag‘ orttirolmadim. Endi savobtalab xalqimizdan umid qilyapmiz”- deydi, Diyoraning otasi Doniyor aka. 

Azizlar, shu kungacha saxovatli yurtdoshlarimiz yordami bilan ko‘plar bemorlar oyoqqa turdi. O‘n oylik Diyoraxon tuzalib ketishi uchun ehsonli kishilardan ko‘mak so‘raymiz. Keling, qizcha ota-onasining bag‘rida o‘sib-ulg‘ayishiga birgalikda hissa qo‘shaylik.

To‘xtayev Doniyorbek (otasi)  +998 90 907 88 99
Otasi nomiga ochilgan plastik kartochka:
Click/PayMe: 8600 0417 9115 5345


Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top