12:01 / 28.02.2019
9659

El-klasikoda tarixiy muvozanat tiklandi, Messi va Ramosda rekord va antirekordlar

Foto: Getty Images

«Barselona» Ispaniya kubogi yarim finalining javob o‘yinida «Real»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi va finalga yo‘l oldi.

Bu to‘qnashuv ikki prinsipial raqibning rasmiy musobaqalar doirasida kechgan 241-o‘yini bo‘ldi. Kechagi natijadan so‘ng jamoalarning El-klasikodagi g‘alabalari soni tenglashdi – endilikda «Barsa» hisobida ham «Real»dagi kabi 95ta g‘alabali klasiko o‘yini bor. Qolgan 51ta o‘yinda durang qayd etilgan.

To‘plar nisbati bo‘yicha ustunlik hamon «Real» tarafida qolmoqda – 403:398

Shuningdek, kecha ikki jamoa sardorlari rekord va antirekord o‘rnatishdi. Lionel Messi Klasikoning safardagi bahslarida eng ko‘p (11 marta) g‘alaba qozongan futbolchiga aylangan bo‘lsa, Serxio Ramos bu qarama-qarshilikda o‘z uyida eng ko‘p mag‘lubiyatga uchragan (11 marta) futbolchi bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top