08:45 / 01.03.2019
16363

Habib Nurmagomedov: hozirgi davrda erkak bo‘lish qiyin

Foto: AP Photo/John Locher

UFC’ning yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmagomedov mavjud muammolar mavzusida biroz falsafiy qarashlarini bayon etdi.

Uning ta'kidlashicha, zamonaviy dunyoda erkak bo‘lish juda qiyindir.

«Har doim birga bo‘ladigan ikkita narsa bor, bu erkak va muammolar. Sen erkak bo‘lib turib, muammolar bo‘lmasligi aqlga sig‘maydi. Erkak bo‘lish juda qiyin, ayniqsa, bizning davrimizda», - deya yozgan Nurmagomedov instagramdagi o‘z sahifasida.

Nurmagomedov Konor Makgregor bilan 2018 yilning oktabr oyidagi jangdan keyin 9 oyga diskvalifikatsiya qilindi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 12 yildan beri mag‘lubiyatga uchramagan jangchi Nurmagomedovga javob qaytargandi.

Mavzuga oid
Top