09:44 / 01.03.2019
5373

Peruda kuchli yomg‘irlar sababli 50 dan ko‘proq kishi halok bo‘ldi

Foto: ANDINA/ Jhony Laurente

Peruning 71 ta tumanida kuchli yomg‘irlar sababli favqulodda vaziyat tartibi joriy qilindi. Bu haqda El Peruano nashri xabar berdi. Yomon ob-havo qurbonlari soni 51 nafarga yetdi, yana 79 kishi jarohat olgan, umumiy hisobda 13 mingdan ko‘proq odam jabr ko‘rgan. 

Favqulodda vaziyat tartibi 60 kunlik muddat bilan kiritildi. Yomg‘irlar sababli 228 ta uy, 26 ta ko‘prik va 11 km yo‘l vayron bo‘lgan. Hukumat tabiiy ofatdan ziyon ko‘rganlarga 700 tonna gumanitar yordam jo‘natgan. Suv ostida qolgan hududlardan odamlar maxsus texnikada olib chiqilmoqda.

 

Mavzuga oid
Top