Britaniyaliklar qirolicha Yelizaveta II’ni ko‘kargan qo‘l bilan ko‘rishgandan so‘ng hazrati oliyalarining salomatligi uchun tashvishlana boshlashdi. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, qirolicha Iordaniya qiroli va qirolichasi Abdulloh II va Raniyani qabul qilish vaqtida ko‘kargan qo‘l bilan bo‘lgan.
Taxmin qilinishicha, qirolichaning qo‘li rangi uning sog‘lig‘idagi biror muammo sababli o‘zgargan.
“Ey Xudoyim. Hazrati Oliyalari qo‘llarini shikastlab olgandek ko‘rinmoqda. Umid qilaman, bu tez o‘tib ketadi”, deb yozgan foydalanuvchilardan biri.