11:06 / 01.03.2019
6906

Raneri yana ishsiz qoldi

«Fulhem» bosh murabbiyi Klaudio Raneri o‘z lavozimini tark etdi.

Klub rahbariyati «Sauthempton»ga (0:2) qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng, mutaxassis bilan imzolangan shartnomani bekor qildi.

2015-16 yilgi mavsumda «Lester»ni tarixiy chempionlikka yetaklagan italiyalik mutaxassis keyingi mavsumdayoq qoniqarsiz natijalar tufayli iste'foga chiqarilgandi. 

Keyinroq u Fransiya chempionatida «Nant» klubini boshqardi va muvaffaqiyatga erisha olmadi, klub mavsum yakunida to‘qqizinchi o‘rinni egalladi hamda murabbiyni ishdan bo‘shatdi.

Raneri 2018 yil Angliyaga yana qaytdi, o‘tgan yil noyabrida Slavisha Yokanovich o‘rniga «Fulhem» bosh murabbiyi sifatida tayinlandi. Uning qo‘l ostida jamoa 16ta o‘yin o‘tkazib, 3 g‘alaba, 3 durang va 10 mag‘lubiyat qayd etib, 12 ochko jamg‘ardi xolos.

Endi «Fulhem»ning sobiq yarimhimoyachisi Skott Parker jamoani vaqtinchalik boshqarib turadi.

Biroz avvalroq, 25 fevral kuni Klaudio Ranerining sobiq jamoasi «Lester» Klod Pyuelni ishdan bo‘shatgach, italiyalik mutaxassis qadrdon jamoasiga qaytishini taxmin qilgandi. Ammo 27 fevral kuni «Lester» Brendan Rodjyersni bosh murabbiylikka taklif qildi, 28 fevral kuni Raneri ishdan bo‘shatildi.

Mavzuga oid
Top