12:45 / 01.03.2019
14869

Shumaxer jarohatdan keyin birinchi marta ko‘rinish berdi

Foto: REUTERS

«Formula-1»ning yetti karra chempioni Mixael Shumaxer birinchi marta begona odamlar tomonidan payqaldi.

Bunte ma'lumotiga ko‘ra, Malorka aholisi Shumaxer villasiga uchib kelgan vertolyot yo‘lovchilari orasida sobiq poygachini ko‘rishgan.

Qayd etilishicha, «Formula-1»ning sobiq poygachisini 2013 yildan buyon, Shumaxer tog‘-chang‘i kurortida baxsiz hodisaga uchraganidan beri hech kim ko‘rmagan.

Avvalroq, poygachi yangi yil bayramini Malorkada o‘tkazgani, shuningdek, o‘zining 50 yoshga to‘lishini ham shu yerda nishonlagani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Shumaxer oilasi poygachining 50 yoshi arafasida uning ahvoli haqida rasmiy bayonot bergandi.

Mavzuga oid
Top