10:50 / 02.03.2019
19605

Foto: O‘zbekiston harbiylari tog‘da qator murakkab mashqlarni bajardi 

Mudofaa vazirligi tog‘ tayyorgarligi o‘quv mashqlari markazida navbatdagi 45 kunlik o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Yig‘inning 70-80 foizi amaliy mashg‘ulotlardan iborat bo‘lib, o‘ta murakkab mashqlar real vaziyatlarga yaqinlashtirilgan holda olib borildi. Bu haqda Kun.uz’ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ob-havo injiqliklari Ugom-Chotqol tog‘ tizmasida o‘tkazilgan amaliy mashqlarga yana ham noqulay holatlarni keltirdi. Kunduzi harorat 4-6 daraja sovuq, tungi paytlarda esa 20  gradusgacha pasaydi. Ana shunday ob-havo sharoiti, buning ustiga tizzadan oshadigan qorda harakatlanish harbiy xizmatchilarning jismoniy va ruhiy tayyorgarligini tekshirish uchun jiddiy sinovga aylandi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mashg‘ulotlar davomida harbiy xizmatchilar chang‘i va otish tayyorgarligi,  tog‘li hududda daryo, jarlik, qoyalar va shu kabi to‘siqlardan oshib o‘tishda bir qator usul va uslublardan foydalanishdi. Yig‘in davomida ular tabiiy tog‘ to‘siqlaridan o‘tish mashqini bajardi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Dengiz sathidan 2500-3000 metr balandlikdagi tog‘ cho‘qqilarida shartli qurollangan jangarilar guruhini aniqlash va yo‘q qilish mavzusida taktik o‘quvlari o‘tkazildi.  

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ushbu mashg‘ulotlar bo‘linmalar o‘rtasida hamkorlikni ta'minlash, harbiy xizmatchilarning o‘ta murakkab vaziyatlarda yashovchanlik ko‘nikmalari hamda jangovar shayligini muntazam oshirib borishga xizmat qiladi, deyiladi xabarda. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mavzuga oid
Top