13:52 / 02.03.2019
6168

Nobel mukofoti laureati Jores Alfyorov vafot etdi

Foto: Vladimir Fedorenko/RIA Novosti

Rossiyalik fizik olim va Nobel mukofoti laureati Jores Alfyorov Peterburgda 89 yoshida vafot etdi.

Bu haqda RIA Novosti Alfyorovning rafiqasi Tamaraga asosan xabar bermoqda.

«Bugun Jores Ivanovich vafot etdi», - dedi Tamara Alfyorova.

Jores Alfyorov 1930 yil 15 mart kuni Vitebskda tug‘ilgan. U shu kunga qadar Rossiyada istiqomat qilib kelgan, fizika bo‘yicha Nobel mukofotining yagona laureati edi (2000 yilda yarimo‘tkazgichli geterostrukturalarni ishlab chiqqani uchun berilgan). 1991 - 2017 yillarda Rossiya Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti. 

Top