18:41 / 02.03.2019
6037
Turkiya 2023 yilda o‘zi ishlab chiqargan birinchi qiruvchi samolyotni namoyish etmoqchi
Foto: Scanpix

Turkiya 2023 yilda o‘zi ishlab chiqargan birinchi qiruvchi samolyotni namoyish etish, 2026 yilda esa birinchi sinov parvozini amalga oshirishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda mamlakat vitse-prezidenti Fuat O‘qtay ma'lum qildi.

"Birinchi turk qiruvchisining taqdimoti 2023 yilda o‘tkaziladi. Uni 2026 yilda samoda ko‘rishimiz mumkin. 2031 yilda ular Turkiya qurolli kuchlariga topshiriladi", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Anadolu agentligi.

Birinchi qiruvchi samolyot namunasini ishlab chiqish rejasi haqida ilk bor 2017 yil noyabrda Turkiyaning sobiq milliy mudofaa vaziri Nurettin Janikli ma'lum qilgandi. O‘shanda u loyihani amalga oshirishda bir nechta davlat ishtirok etayotganini, ammo Turkiya oxir-oqibat biror kompaniya yoki davlatga qaram bo‘lib qolmaslik uchun o‘z yo‘lidan borayotganini aytgandi.

Top