08:59 / 03.03.2019
9941

Afg‘onistonda toshqinlar sababli 20 kishi halok bo‘ldi 

Foto: report.az

Afg‘oniston janubida kuchli yomg‘irlar oqibatida yuz bergan toshqinlar sababli 20 kishi, jumladan bolalar halok bo‘ldi, 10 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda BMTning gumanitar faoliyatni muvofiqlashtirish boshqarmasi xabar qildi.

Boshqarma ma'lumotlariga ko‘ra, 1 mart kuni Qandahor viloyatida kuchli yomg‘irlar qayd qilingan. Oxirgi 30 soat ichida bu yerga 97 millimetr yog‘ingarchilik tushgan.

Bundan tashqari, infratuzilmalarga jiddiy zarar yetgan. Qandahor shahrining o‘zida 600 ga yaqin uy vayron bo‘lgan. Jabrlanuvchilar xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan.

Top