00:54 / 03.03.2019
52403
Arab shayxi uchun tank tashuvchidan ulkan jip yig‘ib berildi (video)

BAAlik shayx Hamad bin Hamdan Ol Nahayon antiqa avtomobillari kolleksiyasi bilan tanilgan.

Uning kolleksiyasidagi navbatdagi eksponat 5 o‘qli Dhabiyan yo‘ltanlamasi bo‘lib, u Oshkosh M1075 tank tashuvchi yuk mashinasi negizida qurilgan. Boshqa ma'lumotlarga ko‘ra yuk mashinasi avval burg‘ilash qurilmasi uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. Mashinaning yaratuvchilari yuk mashinasi shassisiga Jeep Wrangler Unlimited yo‘ltanlamasi kuzovini o‘rnatishgan.  

Shayxning o‘zi yangi mashinasining ulkan o‘lchamlari bilan maqtanish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmay, uni boshqarib ko‘rgan: yo‘ltanlamasning uzunligi 11 metrni tashkil qiladi, balandligi esa 3,3 metrga yetadi.

Mashina 24 tonna kelib, unga hajmi 15,2 litr va quvvati 600 ot kuchini tashkil qiluvchi Caterpillar C15 turbodizel dvigateli o‘rnatilgan. 

Top