22:57 / 03.03.2019
6318

Bemorning hujayralaridan teri bosuvchi bioprinter yaratildi

Foto: MTRK «MIR» / Grekova Marina

Ueyk-Forest universiteti regenerativ tibbiyot markazi olimlari “yangi teri” bosadigan bioprinter yaratishdi. Bu haqda Science Daily nashri xabar berdi. 

Bemor terisi hujaylari – fibroblast yoki keratinotsitlar sog‘lom qismdan biopsiya yordamida olinadi. Bu namunalar gidrogel bilan aralashtirilib, qurilmaga joylashtiriladi. Bioprinter bir necha qatlam teri bosib chiqarib, u bilan shikastlangan joylarni qoplaydi. 

Bunday usul teridagi jarohatlar bitishini tezlashtiradi va chandiqlar qoldirmaydi. Bemor hujayralarining qo‘llanishi esa o‘zga kishi terisi ko‘chirib o‘tkazilgandagi to‘qimaning qabul qilmaslik xavfini istisno etadi.

Bioprinter laboratoriya sharoitlarida sinovlardan o‘tkazildi. Tajriba davomida yangi teri jarohat markazidan uning chekkalari tomon shakllantirilishini ko‘rish mumkin bo‘lgan. Keyingi bosqich – terining odamlarda sinovdan o‘tkazilishi bo‘ladi. Agar jarayon muvaffaqiyatli o‘tsa, qurilma kuyish vaqtida olingan jarohatlarning tez bitishida yordam beradi. 

Mavzuga oid
Top