17:10 / 03.03.2019
58635

Shavkat Mirziyoyev Mudofaa va ichki ishlar tizimi xodimlaridan ortiqcha vazndan xalos bo‘lishni talab qildi

AP Photo / Anvar Ilyasov

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi davomida o‘tkazilgan yig‘ilish vaqtida Mudofaa va ichki ishlar tizimidagi ortiqcha vaznga ega xodimlar vazn tashlashi kerakligi haqida gapirgan.

«Bizga ortiqcha vaznga ega zobitlar va ichki ishlar xodimlari kerak emas. Ular bu holatda qanday qilib jinoyatchini tutishadi? Sport bilan shug‘ullanishsin. Bu menga emas, ularning o‘zi uchun foyda», degan davlat rahbari.

Prezident ular ma'lum bir muddat ichida kerakli darajada vazn tashlashlari kerakligini qo‘shimcha qilgan.

Prezident jismoniy tarbiya va sportga e'tibor nafaqat ushbu tizimlarda, balki barcha darajada kuchaytirilishi, ichkilikbozlikka qarshi kurash kuchaytirilishi lozimligini ta'kidlagan.

2016 yil dekabrda Tojikiston ichki ishlar vaziri ortiqcha vazn sababli bo‘shatilishi mumkin bo‘lgan xodimlarga ortiqcha vaznni tashlash uchun bir oylik muddat berilishi haqidagi buyruqni qabul qilgandi. Buyruqqa ko‘ra, militsiya xodimlarining bo‘y va vazn nisbati xalqaro me'yorlarga to‘g‘ri kelishi lozimligi belgilangandi (misol uchun, agar militsiya xodimining bo‘yi 168-170 sm bo‘lsa, unda uning vazni 75 kg dan oshmasligi lozim edi).

2017 yilda Tojikiston ichki ishlar vazirligining 20 xodimi ortiqcha vazn sababli ishdan bo‘shatilgandi.

Top