13:52 / 04.03.2019
5715

Abdulaziz Komilov Ummonda to‘xtab, Yusuf bin Alaviy bilan muzokaralar o‘tkazdi

Foto: TIV axborot xizmati

2019 yilning 3 mart kuni amaliy tashrif bilan Qatarga yo‘l olgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Maskat shahrining xalqaro aeroportida qisqa muddatli tranzit to‘xtovini amalga oshirdi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, vazir u yerda Ummon Sultonligi tashqi ishlar vaziri Yusuf bin Alaviy bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlik istiqbollari, shuningdek, transport va tranzit sohasidagi aloqalarni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi va O‘zbekiston - Turkmaniston - Eron - Ummon transport koridori bo‘yicha kelishuvlar ahamiyati ta'kidlandi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abdulaziz Komilov amaliy tashrif bilan Qatarda bo‘lishi ma'lum qilingandi.

Top