09:49 / 04.03.2019
15890

Bolton Guaydo bo‘yicha qattiq javob bilan tahdid qildi

Foto: AP Photo/Andrew Harnik

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton muxolifatchi Xuan Guaydo Venesuelaga qaytishiga to‘sqinlik qilishga oid har qanday harakatlarga qattiq javob berilishi bilan ogohlantirdi. Bu haqda u tvitterdagi o‘z sahifasida yozgan.

Boltonning qayd etishicha, Guaydo Venesuelaga qaytish niyati borligi to‘g‘risida ma'lum qildi.

«Uning xavfsiz qaytishiga qarshi qaratilgan har qanday tahdidlar yoki harakatlar Qo‘shma Shtatlar va xalqaro hamjamiyat tomonidan qat'iy hamda jiddiy javob bilan kutib olinadi», - deya yozgan Bolton.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh va Venesuela BMTda Guaydo bo‘yicha bahslashib ketgandi.

Xususan, AQShning Venesuela bo‘yicha maxsus vakili Elliot Abrams, agar muxolifat yetakchisi Xuan Guaydo Kolumbiyadan qaytgach ta'qib etilsa, Venesuela hukumatiga «global javob» bilan tahdid qildi. 

Mavzu
Venesuelada siyosiy inqiroz
Venesuela prezident Nikolas Maduroga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari girdobida qoldi. 23 yanvar kuni, ushbu namoyishlar avjiga chiqqan vaqtda Venesuela parlamenti rahbari Xuan Guaydo o‘zini mamlakatning muvaqqat prezidenti deb e’lon qildi
Barchasi
Mavzuga oid
Top