17:28 / 04.03.2019
6603

Chinozda ona-bola is gazidan vafot etdi

Illyustrativ foto

2019 yil 3 mart kuni Toshkent viloyatining Chinoz tumanida ikki kishi vafot etdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, nafaqadagi R.M. (ayol)ning uyidagi isitish pechi yoqilgan holda nazoratsiz qoldirilgan.

Ushbu holat oqibatida, pechdan sizib chiqqan is gazidan R.M. va uning 48 yoshli qizi zaharlanib, voqea joyida vafot etganlar. 

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning boshida Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida bir oilaning 4 a'zosi is gazidan vafot etgandi.

Mavzuga oid
Top