10:24 / 04.03.2019
36855

Saraton rivojlanishiga qarshi samarali bo‘lgan mahsulot nomi aytildi

Foto: Wikimedia Commons

Tafs Universiteti (AQSh) olimlari aniqlashicha, pomidor tarkibidagi likopin karotinoidli pigmenti jigarning yog‘ bosish (yog‘ gepatozi) kasalligi, saraton va yallig‘lanishning rivojlanish xavfini kamaytiradi. Bu haqda MedicalXpress xabar bermoqda.

Tadqiqot davomida yangi tug‘ilgan sichqonlar organizmiga jigarda salbiy o‘simtalar shakllanishiga turtki beruvchi kanserogen kiritildi. Shundan so‘ng, kemiruvchilar yuqori yog‘li ovqatlar bilan oziqlantirildi. Shu bilan birga, hayvonlar guruhlaridan biri qo‘shimcha ravishda pomidor kukunini ham olgan.

Ma'lum bo‘lishicha, likopin foydali mikroflora soni va turlarini ko‘paytiradi, bu esa yallig‘lanishni chaqiruvchi ba'zi bakteriyalar haddan tashqari o‘sishiga to‘sqinlik qilgan. Bu holda jigarning yog‘ bosishi va saraton kasalligi ehtimoli pasaygan, bunga nosog‘lom parhez turtki berdi.

Bundan tashqari, olimlarning ko‘rsatishicha, pomidor kukuni alohida likopinga qaraganda ancha samarali bo‘lgan. Bu vitamin Ye, vitamin S, folatlar, minerallar, fenol birikmalar kabi boshqa foydali birikmalar pomidorda mavjud ekani bilan izohlanadi. 

 

Mavzuga oid
Top