18:26 / 05.03.2019
5401

2018 yilda 149 mlrd so‘mlik yaroqsiz mahsulot yo‘q qilingan

2018 yil davomida sertifikatlashtirish ishlari natijasida yaroqsiz deb topilgan mahsulotlar qiymati e'lon qilindi. Bu haqda «Munosabat» ko‘rsatuvida «O‘zstandart» agentligi matbuot xizmati rahbari Abdurauf Rasulov xabar berdi.

Oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom turmush tarziga bag‘ishlangan bu dasturda ma'lum qilinishicha, respublika hududiy markazlari tomonidan jami 148 884 mlrd so‘mlik mahsulotlar savdoga kiritilmagan. Shuningdek, 50 mlrd so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari, xususan import qilinuvchi birgina ko‘k no‘xatning o‘zidan 460 mln so‘mlik (54 013 AQSh dollari) mahsulot nomuvofiq deb topilgan.

«Bu mahsulotlarning barchasi maxsus komissiya kuzatuvida, o‘rnatilgan tartiblarga ko‘ra yo‘q qilingan», deya ta'kidlagan Abdurauf Rasulov.

Top