01:24 / 05.03.2019
48387

Forbes dunyoning eng boy ayolini ma'lum qildi  

Foto: MARTIN BUREAU/AFP/Getty Images

Forbes nashri talqiniga ko‘ra, joriy yilda dunyoning eng boy odami L’Oreal kompaniyasining merosxo‘ri Fransuaza Betankur-Mayyers bo‘ldi. 

Ayol umumiy reytingda 15-o‘rinni egallagan. Uning boyligi 50 mlrd dollarga baholangan.

Betankur-Mayyers L`Oreal kompaniyasi asoschisi Ejyen Shullerning yagona nabirasi hisoblanadi. Betankur-Mayyersning onasi Lilian Betankur 2017 yildagi vafotigacha dunyoning eng boy ayoli bo‘lgan. 

Yangi reytingga ko‘ra, dunyoning eng boy odami sifatida Amazon asoschisi Jyeff Bezos topilgan. Uning davlati 131 mlrd dollarga baholangan. 

Top