20:49 / 05.03.2019
4378

Google ayollarga erkaklarga nisbatan ko‘proq maosh to‘lagani ma'lum bo‘ldi

Google vakillari ichki hisobot natijalarini e'lon qildi. Ma'lum bo‘lishicha, kompaniyada ayollarga ular egallab turgan xuddi o‘sha lavozimdagi erkaklarga nisbatan ko‘proq haq to‘langan.

NY Times jurnalistlari Software Engineer Level IV lavozimidagi dasturchi ayollar erkaklarga nisbatan ko‘proq haq olishganiga e'tibor qaratishdi.

Ammo aksariyat OAV Google’ni himoya qilib chiqdi. Ularning qayd etishicha, bitta lavozim orqali butun kompaniyadagi holat haqida xulosa chiqarib bo‘lmaydi.

NY Times gazetasida ushbu mavzudagi maqola chop etilganidan so‘ng Google ayol va erkak dasturchilarning maoshlarini tenglashtirgan.

Top