13:03 / 05.03.2019
6687

Karlos Gon garov puli evaziga ozodlikka chiqdi

Foto: Régis Duvignau/Reuters

Tokio okrug sudi Nissan sobiq rahbari Karlos Gonni garov puli evaziga ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda NHK xabar bermoqda.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Gonning ozod qilinishi uchun garov puli miqdori 1 milliard iyenani tashkil qiladi (deyarli 9 million dollar).

Qayd etilishicha, sud Nissan sobiq rahbarining himoyasidan kelib tushgan bunday iltimosnomani qanoatlantirgan.

Shu bilan birga, Gonni garov puli evaziga ozod qilish bo‘yicha avvalgi bir necha arizalar rad etilgandi.

Nissan kompaniyasi Karlos Gonni direktorlar kengashining raisi, shuningdek, direktor-vakil lavozimidan olib tashladi. Bu qaror Gon moliyaviy nayranglarda gumonlanib hibsga olinishi fonida qabul qilindi. Tergovga ko‘ra, top-menejyer deklaratsiyalarda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash maqsadida o‘z ish haqi miqdorini ataylab kamaytirib ko‘rsatgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Karlos Gon Renault rahbari lavozimini tark etgandi.

Top