01:09 / 05.03.2019
22671

Kattalar talmovsirab turgan vaqtda o‘smirlar yordamga oshiqishdi (video)

Kanadaning Vankuver shahri yaqinidagi “Graus Mauntin” tog‘-chang‘i kurortida 8 yoshli bola kanat yo‘liga otasi va 3 yoshli singlisi bilan birga o‘tirganda ko‘ngilsiz voqea yuz bergan. Kanat yo‘li harakatlanayotganda bola tasodifan o‘rindiqdan sirpanib ketgan. Bolaning otasi o‘g‘lining bilagidan ushlab qolgan, biroq qizini ham ushlab turishga harakat qilgani sababli o‘g‘lini tortib ololmagan.    

Bola yerdan 6 metrcha balandlikda osilib turgan. Kattalar bundan hang-mang bo‘lib, talmovsirab turgan bir paytda yordamga birinchi bo‘lib o‘smirlar oshiqqan. 12 yoshli Joshua Reyvensbergen voqea vaqtida do‘stlari bilan chang‘i uchayotgan bo‘lgan. O‘smirlar to‘siqlar vazifasini bajaruvchi to‘rdan bir qismini olib, uni bolaning pastida tortib turishgan va bolani unga sakrashga ko‘ndirishgan.   

“U yerda odamlar bor edi, biroq ular nima qilishni bilmay qo‘l qovushtirib turishgan”, deb aytgan o‘smir.

Natijada bola qutqarib olingan. Unda jarohatlar yo‘qligiga qaramay, shifoxonaga jo‘natilgan. O‘smirlarni esa kichik qahramonlar deb atay boshlashgan.

Mavzuga oid
Top