14:41 / 05.03.2019
22854

O‘zbekistonda bolalar uchun yana bir telekanal paydo bo‘lishi mumkin

Maktabgacha ta'lim vazirligida bolalar uchun yana bir telekanal tashkil etish va taniqli koreys teleradiokompaniyasi - EBS bilan hamkorlikda zamonaviy ta'lim media–kontentlari yaratish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi matbuot xizmati

Maktabgacha ta'lim vazirligida Koreyaning ta'lim teleradiokompaniyasi EBS vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv chog‘ida bolalar uchun ta'lim telekanali tashkil etish istiqbollari,  maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar uchun zamonaviy ta'lim media–kontentlari  yaratish imkoniyatlari,  shuningdek malakali media–mutaxassislar tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda shuningdek ta'limiy dasturlar saqlanuvchi data– markaz tashkil etish, MTV mutaxassislarining Koreyaning ta'limiy dasturlar uzatuvchi tizimida amaliyot o‘tash  imkoniyatlarini ko‘rib chiqish haqida so‘z bordi.

MTV Bosh boshqarma boshlig‘i Yelena Ten so‘zlariga ko‘ra, vazirlik EBS mutaxassislarining shunchaki ko‘ngilochar emas, balki interaktiv ta'lim kontentlarini yaratishdagi tajribasiga e'tibor qaratmoqda. 

«Biz kontentlar faqat ko‘ngilochar bo‘lishi va bolalar kun bo‘yi televizor qarshisida vaqt o‘tkazishini istamaymiz. Ammo MTMga chiqmaydigan bolalar uchun telekanal uy sharoitida sifatli kontentga ega bo‘lish imkoniyatini beradi, MTM bolalari uchun esa u rivojlanish jarayonidagi qo‘shimcha imkoniyatdir. Muzokaralar axborot va pedagogik texnologiyalar innovatsion Markazini ham tashkil etishni ko‘zda tutgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 sentyabrdagi 3955–sonli Qarori doirasida amalga oshirilmoqda. EBS vakillari   mana shunday zamonaviy markaz barpo etishda bizga yordam berishlari mumkin», - dedi Yelena Ten.

Ma'lumot uchun: EBS 1980 yilda tashkil etilgan bo‘lib, ayni kunda Koreya Respublikasining yetakchi kanallaridan biri hisoblanadi. EBS o‘z ichiga 8ta telekanal va qator Youtube kanallarini olgan. YeVS «Pororo» personaji, shuningdek, «Ledi Bag va Super-mushuk», «Vrumiz» mulseriallari muallifi hisoblanadi.

2019 yil aprel oyida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yangi telekanal tashkil etish taklif qilingandi.

Mavzuga oid
Top