11:28 / 05.03.2019
32241

Rossiya HHKning O‘zbekiston havo hududidan foydalanishi to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilindi

Foto: Shutterstock

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi harbiy havo kemalarining O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi havo hududidan foydalanishi to‘g‘risidagi Bitimni (Toshkent, 2018 yil 12 oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirilgan.

Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 18 fevralda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 28 fevralda ma'qullangan.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi harbiy havo kemalarining O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi havo hududidan foydalanishi to‘g‘risidagi Bitim (Toshkent, 2018 yil 12 oktabr) ratifikatsiya qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Senat Rossiya harbiy samolyotlarining O‘zbekiston hududidan parvoz qilishini ma'qullagandi.

«O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Rossiya Federatsiyasi hukumat o‘rtasida O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi harbiy havo kemalarining O‘zbekiston va Rossiya havo hududidan foydalanishi to‘g‘risidagi Bitim» o‘tgan yili 12 oktyabrda Toshkentda imzolangan.

Hujjat bir davlatning harbiy havo kemalarining to‘xtovsiz manzilga uchib borishida havo hududidan foydalanish tartibini aniqlab beradi. 

Mavzuga oid
Top