8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

14:58 / 05.03.2019 20834

Suv til kiridan boshqa hamma narsani tozalaydi

Suvni poklik ramzi sifatida tushunamiz. Suv barcha kirliklarni tozalaydi. Ammo hajmi juda kichik, xizmati juda katta bo‘lgan suyaksiz tilga har qanday suv ta'sir o‘tkaza olmaydi. Shunga ko‘ra inson tanasi ichida mas'uliyati eng og‘ir a'zo til ekani aniq bo‘ladi. Bir necha yillar ichidan suv oqqan quvurlarning ichini qalin zanglar qoplaganini ko‘rganmiz. Bu zanglarni ularning ustidan oqib o‘tadigan suvlar ham yuvib keta olmaydi. Inson hayoti davomida tilidan chiqqan yomon so‘zlar, haqoratlarning zanglari tilga shu qadar singib ketadiki, endi uni har qanday kuchli bosimga ega suv ham tozalay olmaydi. 

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Audio versiyasini tinglash

Lekin bir suv bor, faqat o‘sha suv  tilga o‘rnashgan kirlarni tag-tomiri bilan yuvib, poklaydi. Tavba deb nomlangan bu suv yurak ariqlaridan oqib keladi. Yurak arig‘iga ezgulik bulog‘idan, ezgulik bulog‘iga esa iymon ummonidan toshib keladi bu suv. Zanglar bilan qoplangan bu tilni tavba suvida ivitmoq lozim. Bu suvga istig‘for, takbir, tahlil ishqorlarini aralashtirish ayni muddaodir. Poklikdan so‘ng uni tilovat suvi bilan namlab turish shubha yo‘qki, asl holiga qaytaradi. 

 

Zahiriddin Mansur

Top