12:49 / 05.03.2019
6546

Xitoy amaldorlar xarajatlarini keskin kamaytirmoqchi 

Foto: Thomas Peter/Reuters

Xitoy hukumati amaldorlarning xarajatlarini kamaytirish zarurligi to‘g‘risida ma'lum qildi. Bu haqda «RIA Novosti» XXR budjeti loyihasiga asosan xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoy hukumati amaldorlarga biznes uchun yukni kamaytirish maqsadida «kamarlarni tortish» haqida ko‘rsatma bergan.

Ta'kidlanishicha, Pekin mamlakat hukumati pul oqimlarini oshirish uchun barcha sa'y-harakatni amalga oshirishi kerak, deb hisoblaydi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy harbiy budjetni 177 mlrd dollarga yetkazishga qaror qilgandi.

Shu bilan birga, ekspertlarning fikricha, Xitoy mudofaasi uchun real xarajatlar 25-50 foizga yuqoriroq bo‘lishi mumkin.

Top