08:33 / 06.03.2019
8339

AQSh KXDRga qarshi sanksiyalar ehtimoli haqida ma'lum qildi

Foto: Leah Millis/Reuters

AQSh agar yadrosizlanish amalga oshirilmaydigan bo‘lsa, KXDRga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish bo‘yicha variantlarni o‘rganib chiqmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton ma'lum qilgan.

«Biz Shimoliy Koreya tomonidan qabul qilinishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy yechimlarini ko‘rib chiqamiz - ular muzokaralarga jiddiy yondashadimi, bunga qaytishni xohlaydimi va yadro quroli dasturi hamda u bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa dasturlardan voz kechishga tayyormi. Biz aynan shularni ko‘rib chiqamiz». - dedi Bolton.

Uning ta'kidlashicha, aks holda, AQSh iqtisodiy sanksiyalarni kuchaytiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp KXDR Otto Uormbirning o‘limi uchun mas'ul ekanini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top