15:28 / 06.03.2019
41034

Forbes dunyodagi eng yosh milliarderlarni ma'lum qildi

Kayli Jyenner /Foto: AFP

Forbes jurnali 5 mart kuni 2019 yilda dunyodagi eng boy odamlar ro‘yxatini e'lon qildi.

21 yoshli Kayli Jyenner eng yosh milliarderga aylandi. Shuningdek, u bir vaqtning o‘zida tarixdagi eng yosh self-made (o‘z boyligiga o‘zi erishgan) deb topilib, Mark Tsukerbergning rekordini yangiladi (u milliarderga aylanganida 23 yoshda bo‘lgan).

Jyennerdan keyingi o‘rinni opa-singil Andresenlar egalladi - Aleksandra (22 yosh) va Katarina (23 yosh). Ular 1778 yilda tashkil etilgan oilaviy biznesning merosxo‘rlari hisoblanadi va shuning uchun self-made toifasiga kirmaydi. Ularning boyligi 1,4 milliard dollarga baholanmoqda.

Umuman olganda, sakkiz nafar eng yosh milliarderdan uch nafari (30 yoshgacha) o‘z boyligiga o‘zi erishgan. Jyennerdan tashqari, bu Stripe asoschilaridan biri, 28 yoshli Jon Kollison va uning tengdoshi, Snapchat asoschisi Evan Shpigel. Ikkalasi ham 2,1 milliard dollarga ega.

Top-8 quyidagi ko‘rinishga ega:

Ism

Yosh

Kompaniya

Davlat

Puli AQSh dollarida (mlrd )

Kayli Jyenner

21

Kylie Cosmetics

AQSh

1

Aleksandra Andresen

22

Ferd

Norvegiya

1,4

Katarina Andresen

23

Ferd

Norvegiya

1,4

Gustav Magnar Vitzyo

24

SalMar

Norvegiya

3

Jon Kollison

28

Stripe

Irlandiya

2,1

Evan Shpigel

28

Snapchat

AQSh

2,1

Lyudvig Teodor Braun

29

B. Braun Melsungen

Germaniya

1

Anna Kasprjak

29

ECCO

Daniya

1

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Forbes Markaziy Osiyodagi eng boy odamni ma'lum qilgandi.

Top