08:25 / 06.03.2019
19225

Toshkent xalqaro aeroportida ayolni fohishalikka olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi

Shu yilning 1 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan Toshkent shahridagi I.Karimov nomidagi xalqaro aeroportda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

1971 yilda tug‘ilgan M.T. Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga bir nafar ayolni avvaliga 8000 AQSh dollari ishlab berish sharti bilan kelishib, shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun olib ketayotgan bo‘lgan. 

Xabarda aytilishicha, ushbu shaxs qo‘lga olingan. U muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi, ya'ni odam savdosi jinoyatini sodir etganligi uchun sudlangan.

Mavzuga oid
Top