03:10 / 06.03.2019
21014

YeChL. "Ayaks" "Real"ga 4ta gol urib, keyingi bosqichga chiqdi, "Tottenhem" ikkinchi o‘yinda ham "Borussiya"ni yengdi

Foto: Getty Images

Chempionlar ligasi 1/8 finali javob o‘yinlari start oldi. 

"Real Madrid" o‘z maydonida "Ayaks"ni qabul qilib, yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Mehmonlar safida Ziyosh, Neres, Tadich hamda Shonening 1tadan urgan gollariga madridliklar tarkibida Asensio 1ta gol bilan javob bera oldi. 

Jamoalar o‘rtasidagi ilk uchrashuv 1:2 hisobida "Real" foydasiga hal bo‘lgan edi. Shu tariqa, "Ayaks" ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 1/4 finalga yo‘l oldi. 

Yana bir uchrashuvda "Tottenhem" safarda "Borussiya Dortmund" bilan kuch sinashdi. Ilk o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozongan (3:0) "Tottenhem" javob o‘yinida kichik hisobda g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqdi. 

Real Madrid – Ayaks 1:4

Gollar: 0:1 – 7 Ziyosh, 0:2 – 18 Neres, 0:3 – 62 Tadich, 1:3 – 70 Asensio, 1:4 – 72 Shone.
Real Madrid – Kurtua, Nacho, Regilon, Karvaxal, Varan, Modrich, Kazemiro (Valverde, 87), Vaskes (Beyl, 29), Kroos, Vinisius Junior (Asensio, 35), Benzema.
Ayaks – Onana, Blind, de Ligt, Talyafiko, Mazraui (Veltman, 81), van de Bek, Ziyosh, Neres (Dolberg, 74), de Yong, Tadich, Shone (de Vit, 73).
Ogohlantirishlar: Mazraui (26), Karvaxal (30), Nacho (90).
Chetlatish: Nacho (94).
Ilk uchrashuv: 2:1

Borussiya Dortmund – Tottenhem 0:1

Gol: 0:1 – 48 Keyn.
Borussiya Dortmund – Byurki, Gerreyru (Pulishich, 62), Akandji, Diallo, Vitsel, Getse, Vaygl, Volf (Bruun Larsen, 62), Sancho, Roys (Dileyni, 74), Pako Alkaser.
Tottenhem – Loris, Sanches, Vertongen, Devis, Alderveyreld, Uinks (Dayyer, 55), Sissoko, Eriksen (Rouz, 83), Ore, Keyn, Son Xyn Min (Lamela, 71).
Ilk uchrashuv: 0:3

Top