21:47 / 07.03.2019
38295

2019 yilgi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari ma'lum qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 2 mart kuni iqtidorli qizlarni a'lo xulqi, noyob iste'dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta'lim, fan, adabiyot, madaniyat, san'at, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflarni ma'qullab, tegishli qarorni imzolagan.

Shu munosabat bilan 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni o‘tkazilgan bayram tantanalarida mukofot egalariga sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshirildi.

Kaipnazarova Sapura Jalgasbay qizi

Qoraqalpoq davlat universitetining 3-bosqich talabasi

Tuliyeva Sarvinoz Abdulla qizi

Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali qoshidagi To‘rtko‘l akademik litseyi 3-bosqich o‘quvchisi

Muxtorjonova Xusnigul Nodirbek qizi

Andijon davlat tibbiyot institutining 6-bosqich talabasi

Tojiddinova Oygul Foziljon qizi

Andijon viloyati Izboskan tumanidagi «Aygul-tekstil» ishlab chiqarish sexi boshlig‘i

Ostonova Sevaraxon Said qizi

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi

Istamova Dilafro‘z Oybek qizi

Toshkent davlat yuridik universitetining 2-bosqich talabasi (Buxoro viloyati)

Yo‘lchiyeva Zuhra Ummatqul qizi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jizzax akademik litseyi 3-bosqich o‘quvchisi

Umarova Sabina Sulton qizi

Jizzax davlat pedagogika institutining 1-bosqich talabasi

Alisherova E'zoza Jamshid qizi

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi Abdulla Oripov nomidagi ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim maktab-internatining 10-sinf o‘quvchisi

Shukurova Mohigul Boqiyevna

Toshkent davlat agrar universitetining 3-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati)

Abdullayeva Ruxsora Sobirovna

Navoiy davlat konchilik institutining 4-bosqich talabasi

Kuvatova Gulbonu Murodullayevna

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Konimex tumani Kengashi bosh mutaxassisi (Navoiy viloyati)

Abdulxamidova Gulshodabegim Kamoliddin qizi

Namangan san'at kollejining 3-bosqich o‘quvchisi

Ismanova Azizaxon Maxammadali qizi

O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati)

Rasulova Hilola Komil qizi

Samarqand shahridagi 
51-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi

Qanoatova Madina Rafiq qizi

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi 45-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi

Ergasheva Shoxista Alijon qizi

O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining 1-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)

Zulfiqorova Azizaxon Bahodir qizi

Guliston davlat universitetining 4-bosqich talabasi

Astanakulova Kamilla Shuxratovna

Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 1-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 
10-sinf o‘quvchisi

Aliqulova Dildora Shuhrat qizi

Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 9-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 
11-sinf o‘quvchisi

Sherzodova Xulkar Sherzod qizi

Toshkent temir yo‘l transporti kasb-hunar kollejining 3-bosqich o‘quvchisi (Toshkent viloyati)

Osipova Svetlana Valerevna

Toshkent viloyati Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining 3-bosqich o‘quvchisi

Qurbonova Moxidil Ulug‘bek qizi

Farg‘ona davlat universitetining 
1-bosqich talabasi

Ro‘ziboyeva Parizoda Murodali qizi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon pedagogika kollejining 3-bosqich o‘quvchisi

Otaboyeva Dastagul Azimboy qizi

Xorazm viloyati Urganch san'at kollejining 3-bosqich o‘quvchisi

Masharipova Zumrad Quchqorboyevna

Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta'lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

Umarova Nigoraxonim Nu'monjon qizi

Toshkent Xalqaro Vestminster universitetining 3-bosqich talabasi

Asadova Dilnoza Jovliyevna

R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining 9-sinf o‘quvchisi (Toshkent shahri)

Ma'lumot uchun, sovrindorlarning har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishi nazarda tutilgan.

Top