20:36 / 07.03.2019
8173
92 yoshli qirolicha Yelizaveta II Instagram’da ilk postini qoldirdi
Foto: instagram.com/theroyalfamily

Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Instagram’da ilk postini joylashtirdi.

92 yoshli qirolicha ijtimoiy tarmoqda o‘z akkauntini ochmagan, u o‘z oilasining akkauntidan foydalangan. Britaniya qirollik uyi a'zolariga ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy akkauntlarga ega bo‘lish mumkin emas. Qirollik oilasi a'zolarining faoliyati va o‘z majburiyatlarini qay darajada bajarayotganlari haqidagi ma'lumotlar buning uchun maxsus yaratilgan mikrobloglarda berib boriladi. 

Qirolicha Instagram’dagi ilk postini Londondagi fan muzeyiga tashrifidan keyin qoldirgan. Qirolicha muzeyda “Mutlaq maxfiy” ko‘rgazmasini ochib bergan, bu yerda omma qirollik arxivi taqdim qilgan eksponatlar bilan tanishishi mumkin. Qirolicha ko‘rgazmaga qo‘yilgan eksponatlardan, ayniqsa bobosining bobosi – shahzoda Albertga yo‘llangan maktubdan ta'sirlanib ketib, muzeyga tashrifi haqida post qoldirishga qaror qilgan.

Shahzoda Albertga yo‘llangan maktubda Charlz Bebbijning analitik mashinasi haqida so‘zlangan.

Foto: instagram/theroyalfamily
Foto: instagram/theroyalfamily
Top