00:29 / 07.03.2019
15230

BAAlik figurali uchuvchiga hijobda ishtirok etishga ruxsat berildi (video)

Foto: media.krsk2019.ru

Xalqaro konkichilar ittifoqi BAAlik figurali uchuvchi Zahro Lari uchun o‘z qoidalarini o‘zgartirib, unga musobaqalarda hijobda ishtirok etishga ruxsat berdi. 

24 yoshli Lari o‘z davlatining birinchi figurali uchuvchisi bo‘lib, musulmon qoidalari unga omma oldida bosh kiyimsiz paydo bo‘lishga yo‘l qo‘ymaydi. Ittifoq qizning an'analariga peshvoz chiqib, qoidalarni o‘zgartirib, unga muz ustida hijobda qolishiga ruxsat bergan. 

Ayni vaqtda Zahro Rossiyada o‘tayotgan universiadada ishtirok etish uchun kelgan. Medallar uchun ayollar o‘rtasidagi bellashuvlar 8 martdan boshlanadi.

Top