12:10 / 07.03.2019
12985

«O‘zkimyosanoat» raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Navoiyazot

Yevgeniy Aleksandrovich Korjikov «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari etib tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanali xabar bermoqda

Qayd etilishicha, Ye. Korjikov shu kunga qadar «Navoiyazot» AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Bundan oldin, Dmitriy Gennadevich Pak boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 fevral kuni Odil Temirov «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi etib tasdiqlangan

Mavzuga oid
Top