21:56 / 08.03.2019
10872

«Navbahor» 2019 yilgi tarkibini shakllantirib oldi

7 mart kuni O‘zbekiston Superligasida transfer oynasi yopildi.

Namanganning «Navbahor» klubi mavsumlar oralig‘ida tarkibida amalga oshirilgan o‘zgarishlar to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Xususan «Navbahor»ga quyidagi futbolchilar kelib qo‘shildi (qavs ichida futbolchining oldingi jamoasi ko‘rsatilgan): O‘tkir Yusupov, G‘iyos Komilov (ikkalasi «Qo‘qon-1912»), Obid Jo‘raboyev («Istiqlol»),Slavko Lukich («Zemun», Serbiya), Zafar To‘rayev, Shahzod Shaymanov (ikkalasi «Metallurg»), Ivan Solovyov («Sochi», Rossiya), Azimjon Ahmedov («Paxtakor»), Elman Tagayev («Axal», Turkmaniston), Abdujamol Isroilov («Neftchi»), Bahodir Nasimov («Keshlya», Ozarboyjon), Aleksandr Kasyan («Avangard», Kursk, Rossiya), Aziz Ibragimov («Buxoro»). Shuningdek, o‘tgan mavsumda «Sho‘rtan»da ijarada o‘ynagan darvozabon Mirzohid Mamatxanov va yarimhimoyachi Abbos G‘ulomov tarkibga qaytdi.  

«Navbahor» safini quyidagi futbolchilar tark etishdi (qavs ichida ularning yangi klubi nomi ko‘rsatilgan): Akbar To‘rayev (OKMK), Tomislav Payovich («Radnik», Surdulitsa, Serbiya), Davron Hoshimov («Lokomotiv»), Darko Stanoyevich, Dilshod Jabborov, A'zam Aliyev, Ayubxon Nomanov, Sherzod Karimov, Ilhom Boydedayev, Azamat Allaniyozov (barchasi «Surxon»), Sardor Sulaymonov, Ro‘zimboy Ahmedov (ikkalasi «Andijon»), Darko Nikach («Iskra», Danilovgrad, Chernogoriya). Shuningdek, o‘tgan mavsumda jamoada ijarada o‘ynagan darvozabon Botirali Ergashev «Paxtakor»ga qaytdi.   

Natijada, «Navbahor» yangi mavsum tarkibi quyidagicha shakllandi: darvozabonlar: O‘tkir Yusupov, Dilshod Hamroyev, Mirzohid Mamatxanov, himoyachilar: Igor Golban, G‘iyos Komilov, Obid Jo‘raboyev, Slavko Lukich, Mirzohid G‘ofurov, Jahongir Mehmonov, Hojiakbar Yunusov, yarimhimoyachilar: Abbos G‘ulomov, Oston O‘runov, Zafar To‘rayev, Ivan Solovyov, Shahzod Shaymanov, Azimjon Ahmedov, Elman Tagayev, Abdujamol Isroilov, hujumchilar: Bahodir Nasimov, Aleksandr Kasyan, Aziz Ibragimov.

Mavzuga oid
Top