13:36 / 08.03.2019
5175

Ohangaronda fuqaro bir kilogrammdan ortiq marixuana bilan qo‘lga olindi

2019 yil 5 mart kuni Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada, Ohangaron shahar 4-mikrorayonda yashovchi H.A. Eyvalek mahallasida o‘zi bilan 1 kg. 255 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasini olib ketayotganda qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Top