13:20 / 09.03.2019
13660

Fazliddin G‘oibnazarovning keyingi jangi sanasi ma'lum, biroq raqib sir tutilmoqda

Foto: Round By Round Boxing

Rio Olimpiadasining chempioni, ayni vaqtda professional boksda o‘z faoliyatini olib borayotgan Fazliddin G‘oibnazarov navbatdagi jangini qachon o‘tkazishini e'lon qildi. 

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, G‘oibnazarov 11 may kuni sakkizinchi bor professional ringga ko‘tariladi.

“Bo‘lajak jangning sanasi va qayerda o‘tkazilishi aniq bo‘ldi. Rostini aytsam, raqib ham ma'lum. Biroq uning kimligini hozir e'lon qilmoqchi emasman. Negaki janggacha hali vaqt bor va barchasi o‘zgarib ketishi mumkin. Ayni paytda jamoam bilan jangga qizg‘in tayyorlanyapmiz. Raqib ism-sharifini bir hafta ichida e'lon qilaman”, – deydi Fazliddin G‘oibnazarov.

Eslatib o‘tamiz, G‘oibnazarov shu paytgacha professional boksda yetti bor jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan va 4tasi nokaut evaziga qo‘lga kiritilgan.

Mavzuga oid
Top