14:56 / 09.03.2019
10192

Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori tayinlandi 

Foto: KUN.UZ

Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanali xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, hukumat qarori bilan Tolib Egamberdiyevich Uljayev O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining direktori lavozimini egallagan.

T. Uljayev shu vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Joriy yilning fevral oyi boshlarida transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti farmoni e'lon qilindi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi etib qayta tashkil etildi.

Top