8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

16:56 / 09.03.2019 152791

Gulnora Karimova ayblanayotgan korrupsion sxema haqida AQSh batafsil ma'lumot berdi (2-qism)​

Foto: Getty Images

​Gulnora Karimova VimpelCom va Unitel mobil operatorining O‘zbekistonda erkin faoliyat yuritishi uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda o‘z mavqeyidan foydalangani iddao qilinmoqda. Xizmat evaziga Karimova Uzdunrobita bosh direktori lavozimida ishlagan Bekzod Ahmedov orqali kompaniyalardan 114 million dollar pora olganlikda ayblanmoqda. 

8 mart kuni O‘zbekiston sobiq prezidentining qizi Gulnora Karimova va MTSning O‘zbekistondagi sho‘'ba korxonasi - Uzdunrobita sobiq bosh direktori Bekzod Ahmedov AQShda pul yuvish va 865 million dollar miqdorida pora olishda ayblan​ayotgani haqida xabarlar tarqadi.

Qayd etilishicha, jinoiy ish «xorijiy korrupsiya amaliyotlari to‘g‘risidagi qonun tarixida eng yirik holat» yuzasidan ochilgan.

Tergov versiyasiga ko‘ra, Gulnora Karimova uchta telekommunikatsiya kompaniyasidan 865 million dollar miqdorida pora olish va keyinchalik bu poralarni AQSh moliya tizimi orqali yuvish uchun o‘z rasmiy mavqeyidan foydalanishda ayblanmoqda.

Nyu-York Janubiy okrugi prokuraturasi​ ayblovida ta'kidlanishicha, noqonuniy pul aylanish sxemasiga sababchi bo‘lgan kelishuv muloqotini olib borishda tomonlar AQShda ro‘yxatdan o‘tgan elektron pochta xizmatlaridan foydalanishgan.

2005 yilda VimpelCom​ MDH davlatlaridagi faoliyatini kengaytirish maqsadida o‘zbek mobil operatorini sotib olish istagini bildiradi. Shunday qilib, 300 ming foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatayotgan Unitel va 2,5 mingga yaqin mijoz uchun ishlayotgan Buztel kompaniyalariga xaridor chiqadi.

AQSh prokuraturasi VimpelCom o‘zining manfaatdor vakillari orqali 2006 yilda 60 million dollar evaziga Buztel​, 200 million dollarga Unitel​'ni sotib olganini tasdiqlaydi.

VimpelCom​​'ni​ng o‘zbek bozoriga kirishda ko‘mak bergani uchun Gulnora Karimova sherigi deb ko‘rilayotgan Ahmedov orqali kompaniyadan pora olgani ta'kidlanmoqda. 

Tergov ayblovida zikr etilgan 3 kompaniyaning biri (S) Unitel'dan ulush olishga erishadi. Prokuratura bu kompaniyaning rahbari Karimova bo‘lmasa-da, u (S)​ kompaniya ustidan to‘liq nazoratni o‘rnatganini bildirmoqda.

Unitel'​ning 7 foiz aksiyasi uchun (S)​ kompaniya​VimpelCom​​'ni​ng​ Latviyadagi bank hisob raqamiga 20 million dollar o‘tkazib, 2009 yilda ayni shu ulushni 57,5 million dollarga sotgani iddao qilinmoqda. Bu pullar esa Gonkongdagi bank hisob raqamiga o‘tkazib berilgan. 

VimpelCom​ O‘zbekistonda 3G xizmatini ko‘rsatish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishga 25 million dollar pora bergani aytilmoqda. 

Tergov versiyasiga ko‘ra, pora sifatida talqin etilayotgan pullar VimpelCom​​'ni​ng​ Niderlandiyadagi bank hisob raqamidan (S)​ kompaniya​ning Latviyadagi bank hisob raqamiga ikki qismga bo‘lib o‘tkazilgan.

2011 yilda esa (S)​ kompaniya​ning Shveytsariyadagi bank hisob raqami 30 million dollar bilan to‘ldiriladi. AQSh prokuraturasi bu pullar VimpelCom'ning O‘zbekistonda 4G xizmatini ko‘rsatish uchun taqdim etilgan litsenziya evaziga to‘langan pora, deb biladi.

(S)​ kompaniya​ning O‘zbekistonda 4G xizmatini ko‘rsatish​ bo‘yicha tuzgan hisobot-rejasi esa internetdagi ochiq manbalar, xususan Wikipedia'dan ko‘chirilgan matnlar ekani iddao qilinmoqda. 

Avvalroq, Rossiyaning MTS mobil operatori AQSh Adliya vazirligi va uning huzuridagi Qimmatbaho qog‘ozlar va birjalar komissiyasi bilan kelishuvga erishgani xabar qilingandi. Rossiya kompaniyasi O‘zbekistondagi sobiq sho‘'ba korxonasi atrofidagi tergov doirasida 850 million dollarlik jarima to‘lashga tayyor.

AQSh rasmiylari ushbu tergovni 2014 yildan olib boradi, 2015 yil bahorda Niderlandiya prokuraturasi bilan birgalikda Vimpelcom, MTS va TeliaSonera kompaniyalarining Gulnora Karimova bilan aloqasi borligi ta'kidlanadigan Takilant kompaniyasi bilan bitimlari yuzasidan tergov boshlagandi.

Top