22:44 / 09.03.2019
6029

Marokash gran-prisi. O‘zbekistonlik polvonlar ikkinchi kunda bitta medal qo‘lga kiritishdi

Foto: IJF/ facebook

Marokash Gran-pri turnirining navbatdagi kunida ikki vazn toifasida bahslar bo‘lib o‘tdi.

Marokashda 8 mart kuni boshlangan dzyudo bo‘yicha gran-pri musobaqasining ikkinchi kunida O‘zbekiston vakillari bitta bronza medal qo‘lga kiritishdi.

-73 kggacha vaznda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Hikmatullo To‘rayev bronza medal bilan kifoyalandi.

U birinchi davradan erkin o‘tdi, ikkinchi va uchinchi davrada avval portugaliyalik Sarayevo Nuno va qozog‘istonlik Serik Akilbekni ochkolar hisobida taslim etdi. Guruh g‘olibligi uchun bahsda fransiyalik G.Chaynega mag‘lub bo‘ldi. O‘tish turnirida gambiyalik Njayye Fayyeni, bronzo medali uchun bahsda turkiyalik B.Chilo‘g‘luni yengdi. 

Foto: skrenshot

-81 kggacha vaznda tatamiga tushgan dzyudochi Sharofiddin Boltaboyev yarimfinalgacha to‘rtta bahsda qatnashdi va barcha raqiblari ustidan mutlaq ustunlik bilan g‘alaba qozondi. Ammo yarimfinalda turkiyalik V.Albayrakka, bronza medali uchun bahsda esa gretsiyalik dzyudochiga mag‘lub bo‘lib musobaqani 5-o‘rinda yakunladi.

Ma'lumot uchun, birinchi kungi bahslarda o‘zbekistonlik ikki nafar sportchi oltin medallarni qo‘lga kiritgandi.

Top