18:10 / 09.03.2019
5057
Superliga. «Dinamo» va «Nasaf» durangga imzo chekishdi
Foto: Tribuna.Uz

Superligada 1-turdan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi. 

«Dinamo» Samarqandda «Nasaf» bilan o‘ynadi. Bahsda 1:1 hisobi qayd etildi.

12-daqiqada Dilshod Saitov darvozabonning qo‘pol xatosidan foydalanib, gol urdi va mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 51-daqiqada Amirjon Safarov jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘llab, hisobni tenglashtirdi. 

Shundan so‘ng, har ikkala jamoada qulay vaziyatlar bo‘lsa-da, darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi.

Superliga, 1-tur 
9 mart, shanba
Samarqand, «Dinamo» stadioni
DINAMO (Samarqand) — NASAF (Qarshi) 1:1
Gollar: 
Amirjon Safarov (51) – Dilshod Saitov (12)
Hakamlar: Zokir Qodirov, Obid Jumayev, Ruslan Samandarov, Abdurashid Hudoyberganov.
Nazoratchi: Vladislav Tseytlin. 
Komissar: Muhammad Sodiq Sodiq-Ohunov.
Dinamo: 2. Shohruhjon Eshbo‘tayev (Botirali Ergashev 62), 2. Lokayev Mirkomil, 4. Xakimxon Alamxonov, 6. Akmal Xolmurodov (S), 10. Amirjon Safarov (Vohid Shodiyev 75), 11. Qadamboy Nurmetov, 16. Bobur Qosimov, 18. Abbos Shodmonov, 21. Damir Temirov (Jasur Azimov 67), 23. Sardorbek Eminov, 27. Ixtiyor Toshpulatov .
Nasaf: 1. Umidjon Ergashev, 5. G‘olib G‘aybullayev, 8. Dilshod Saitov, 9. Humoyun Murtazoyev, 18. Bobir Davlatov, 19. Sardor Abduraimov, 22. Akmal Mozgovoy (Islom Kenjaboyev 77), 27. Islom Rashidxonov (Doniyorjon Narzullayev 88), 28. Xurshidbek Muxtorov, 77. Oybek Bozorov (Bobir Abdixoliqov 69), 92. Umarbek Eshmurodov (S).
Ogohlantirish: Alamxonov (82)

Mavzu
Superliga
8 mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining yangi mavsumiga - Superliga-2019 turniriga start berildi
Barchasi
Top